«Hyatt Regency Tashkent» mehmonxonasi sotuvga qo‘yildi
«Hyatt Regency Tashkent» mehmonxonasi sotuvga qo‘yildi. Bu haqda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi matbuot xizmati xabar berdi.
O‘zbekiston Prezidentining 2021-yil 11 fevraldagi «Davlat aktivlarini xususiylashtirish jarayonlarini yanada jadallashtirish to‘g‘risida»gi farmoniga asosan, O‘zbekiston Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Hyatt Regency Tashkent mehmonxonasini oshkora raqobat tamoyillariga asoslangan savdo jarayoni orqali sotilishini e’lon qildi.
Ushbu savdo jarayoniga KPMG Valuation and Consulting kompaniyasi, aktivni xususiylashtirish bo‘yicha eng yaxshi takliflarni tanlash asosida, eksklyuziv moliyaviy maslahatchi sifatida jalb etilgan.
Shuningdek, besh yulduzli «Hyatt Regency Tashkent» mehmonxonasi 2016 yilda Toshkent markazida tashkil topgan va Hyatt xalqaro brendining O‘zbekistondagi birinchi mehmonxonasiga aylangan.
Mehmonxona O‘zbekistonda xalqaro mehmonxonalar tarmog‘i boshqaruvida bo‘lgan yagona besh yulduzli mehmonxonadir. Shu bilan birga, mehmonxona shahar markazida, Toshkentning asosiy diqqatga sazovor joylariga qulay va yaqin masofada joylashgan.
Bundan tashqari, umumiy yer maydoni 3,1 gektar, bino va inshootlar maydoni 60,1 ming kvadrat metrni tashkil etadi. Mehmonxona 8 qavatdan iborat bo‘lib, mijozlar uchun 300 ta xona, jumladan, 248 ta standart va 52 ta lyuks/yarim lyuks xonalarni mavjud.
Mehmonxona hududida xalqaro sifat standartlari darajasida jihozlangan turli sig‘imdagi bir nechta konferensiya zallari joylashgan. Shuningdek, 850 kvadrat metr maydonga ega banket zali, yopiq basseyn va SPA markazi mavjud.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter