Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Hukumat yana bir huquqbuzarlik haqida xabar berganlarni rag‘batlantiradi

Hukumat yana bir huquqbuzarlik haqida xabar berganlarni rag‘batlantiradi

2024-yil 1-oktyabrdan boshlab jismoniy shaxslar tomonidan Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi maxsus axborot tizimiga yuborilgan yer qa’ridan foydalanish qoidalarini buzish bilan bog‘liq huquqbuzarlik holatlari to‘g‘risidagi fotosuratlar va videoyozuvlar belgilangan tartibda ko‘rib chiqilib, ularni yuborgan shaxslar pul mukofoti bilan rag‘batlantiriladi.

Bu borada «Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Tog‘-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasi faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi prezident qarori qabul qilindi.

Hujjatga muvofiq, bunda fotosuratlar yoki videoyozuvlardagi huquqbuzarlarning shaxsini aniqlash inspeksiya so‘roviga asosan ichki ishlar organlari tomonidana amalga oshiriladi.

Eslatib o‘tamiz, amaldagi tartiblarga muvofiq korrupsion holatlar, yoqilg‘i-energiya resurslaridan noqonuniy foydlanganlik hamda ekologik huquqbuzarlik va shu kabi boshqa holatlar haqida tegishli davlat organlariga xabar berganlar pul mukofot bilan rag‘batlantirib kelinadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring