Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Hukumat qiyin ahvolga tushib qolgan xususiy ta’lim muassasalariga yordam beradi

Hukumat qiyin ahvolga tushib qolgan xususiy ta’lim muassasalariga yordam beradi

Foto: «Xabar.uz»

Aholi o‘rtasida koronavirus infeksiyasining tarqalish zanjirini uzish maqsadida Respublika maxsus komissiyasi qarori bilan 2020-yil 13-iyuldan 2020-yil 1-avgustga qadar respublika miqyosida qo‘shimcha ravishda karantin cheklovlari kiritilgani xabar qilingandi.

Undan ko‘ra, joriy yilning 18-19-iyul hamda 25-26-iyul (shanba va yakshanba) kunlari aholidan ko‘chaga chiqmaslik tavsiya etildi.

Qarorda davlat tomonidan karantin sharoitida qiyinchilikka duch kelayotgan tadbirkorlik sub’yektlarini qo‘llab-quvvatlash borasida ham tizimli chora-tadbirlar belgilandi.

Mutasaddilarga nodavlat ta’lim tashkilotlari (maktabgacha ta’lim tashkilotlari, maktablar, oliy ta’lim tashkilotlari) faoliyatini o‘rgangan holda, karantin cheklovlari joriy etilganligi munosabati bilan faoliyatida moliyaviy muammolarga duch kelayotgan nodavlat ta’lim tashkilotlariga har tomonlama amaliy yordam ko‘rsatish, shu jumladan, ushbu masala yuzasidan alohida Vazirlar Mahkamasining qarorini tayyorlanadi.

Yirik tadbirkorlik sub’yektlariga karantin cheklovlari amal qilgan davrda tegishli ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish va savdo ob’yektlarida sanitariya-gigiyena va epidemiologik talablarga rioya etilishi uchun mas’ul bo‘lgan xodim belgilash tavsiya etildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring