Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Hukumat qarori: endi elektromobillarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish atiga 510 ming so‘m bo‘ladi

Hukumat qarori: endi elektromobillarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish atiga 510 ming so‘m bo‘ladi

Foto: Xabar. uz

O‘zbekistonda elektromobillarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda imtiyozlar berildi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi xabar berdi. 

Unda keltirilishicha, so‘nggi vaqtlarda keng jamoatchilik orasida ekologik muammolar keng muhokama qilinmoqda. Mamlakatda ekologik xavfsizlikni ta’minlash, yashil energetikani qo‘llab-quvvatlash, atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Shunday chora-tadbirlarning mantiqiy davomi sifatida aholining yashil energetikada harakatlanuvchi transport vositalari xarid qilishini rag‘batlantirish maqsadida bunday toifadagi transport vositalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish jarayonida imtiyoz berilmoqda.

Qayd etilishicha, 2024-yil 1-apreldan boshlab avtomototransport vositalari va ularning tirkamalarini ro‘yxatdan o‘tkazish va qayta ro‘yxatdan o‘tkazishda undiriladigan to‘lov stavkalari elektromobillar, mototransport vositalari va avtotransport vositalari tirkamalarini ro‘yxatdan o‘tkazish va qayta ro‘yxatdan o‘tkazish uchun – bazaviy hisoblash miqdorining 1,5 baravari miqdorida — 510 ming so‘m to‘lov belgilanmoqda.

Elektromobillar, mototransport vositalari va avtotransport vositalari tirkamalaridan boshqa barcha avtotransport vositalarini ro‘yxatdan o‘tkazish va qayta ro‘yxatdan o‘tkazish uchun esa – bazaviy hisoblash miqdorining 6,84 baravari miqdorida to‘lov belgilanmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring