Hukumat qarori: «Aqlli shahar» konsepsiyasi tasdiqlandi
O‘zbekiston Respublikasida «Aqlli shahar» texnologiyalarini joriy etish Konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risidagi Hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda «Huquqiy axborot» kanali xabar berdi.
Qaror bilan «Aqlli shahar» texnologiyalarini joriy etish Konsepsiyasi va 2019-2021-yillarda Konsepsiyani amalga oshirish bo‘yicha amaliy tadbirlar rejasi tasdiqlandi
Konsepsiyaga ko‘ra «aqlli transport», «aqlli ta’lim», «aqlli tibbiyot», «aqlli energitika tizimi», «aqlli qurilish», «aqlli kommunal xo‘jalik», «aqlli uy», «aqlli hokimiyat», «aqlli mahalla» kabi loyihalar «Aqlli shahar» texnologiyalarini joriy etishning asosiy yo‘nalishlari sifatida belgilandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter