Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni ma’lum qilindi

Ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni ma’lum qilindi

Foto: Xabar.uz

2021-2022 o‘quv yili uchun ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni haqida ma’lumot (2021 yil 9 iyul 18:00 holatiga) berildi. 

Jami ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni 171 748 nafar.

Ta’lim shakli bo‘yicha:

  • Kunduzgi ta’lim shakli – 106 607 nafar;
  • Sirtqi ta’lim shakli – 60 915 nafar;
  • Kechki ta’lim shakli – 4 226 nafar.

Tillar kesimida:

  • O‘zbek tili – 144 973 nafar;
  • Rus tili – 22 145 nafar;
  • Qoraqalpoq tili – 3 710  nafar;
  • Boshqa tillar – 920 nafar.

Abituriyentlar tomonidan eng ko‘p tanlanayotgan OTMlar:

  • Toshkent davlat pedagogika universiteti -  6 226 nafar;
  • O‘zbekiston milliy universiteti – 5 778 nafar;
  • Namangan davlat universiteti – 5 689 nafar;
  • Jizzax davlat pedagogika instituti – 5 274  nafar;
  • Guliston davlat universiteti – 4 974 nafar.

Avvalroq abituriyentlarga onlayn ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha videoqo‘llanma taqdim etilgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring