«Hududiy elektr tarmoqlari» korxonasi yolg‘on ma’lumot tarqatayotganlarni sudga bermoqchi
«Hududiy elektr tarmoqlari» korxonasi ijtimoiy tarmoqlarda yolg‘on ma’lumot tarqatayotganlar ustidan tegishli tartibda huquqni muhofaza qilish organlariga murojaat qilishini ma’lum qildi.
Korxona axborot xizmatiga ko‘ra, bu ayni kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan «oylik ijtimoiy energiya limiti 200 kVt, kunlik esa 6,6 kVt ekan» sarlavhali ma’lumot bilan bog‘liq.
«Hududiy elektr tarmoqlari» axborot xizmati mazkur xabarlar «mutlaqo asossiz» ekanligini ta’kidlab, iste’molchilarga Hukumatning 2024-yil 16-apreldagi qarorida elektr energiyasi va tabiiy gaz bir oylik iste’molining bazaviy meyorlari tasdiqlanganini eslatmoqda.
«Shunga ko‘ra, endilikda bir oyda 200 kilovattgacha elektr energiyasi ishlatgan xonadon egasi 1 kilovatt soat uchun 450 so‘mdan to‘laydi. Iste’mol mazkur ko‘rsatkichdan oshsa, ya’ni 1000 kilovatt soatgacha ishlatilgan bo‘lsa 200 kilovatt soatgacha – 450 so‘m, qolgan 800 kilovatt soatga – 900 so‘mdan to‘lov qilinadi», – deyiladi korxona xabarida.
Ya’ni, elektr energiyasi sarfi kunlik iste’mol miqdorida emas, balki iste’molchining bir oy davomidagi ko‘rsatkichi asosida hisoblanishini bildirilmoqda.
«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ mazkur tarqatilgan asossiz ma’lumot yuzasidan tegishli tartibda huquqni muhofaza qilish organlariga murojaat qilishini ma’lum qiladi», – deyiladi rasmiy munosabatda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter