«Hududgazta’minot» aholini ogohlantirdi
Havo haroratining pasayishi kutilayotgani munosabati bilan «Hududgazta’minot» AJ iste’molchilarga tabiiy gazdan foydalanishda ehtiyot choralarini ko‘rish, isitish moslamalari va ovqat tayyorlash jarayonida gaz plitalarini qarovsiz qoldirmaslik, ventilyasiya tizimiga alohida e’tibor berish zarurligi, shuningdek, is gazidan zaharlanish xavfini oldini olish uchun nostandart isitish uskunalari va qo‘lbola yondirgichlardan foydalanmaslikni eslatib o‘tdi.
«Hududgazta’minot» AJ fuqarolardan gaz jihozlari ishlab turgan xonalarda dam olishga yo‘l qo‘ymaslikni va chiroqni yoqishdan oldin gaz hidi yo‘qligiga ishonch hosil qilib, u aniqlangan holda 104 raqami orqali gaz xizmatiga murojaat qilishni so‘radi.
«Fursatdan foydalanib, «Hududgazta’minot» AJ iste’molchilarni tabiiy gaz bilan uzluksiz ta’minlash uchun to‘lovni o‘z vaqtida amalga oshirish zarurligini eslatib o‘tadi. To‘lovlarni tuman gaz ta’minoti bo‘limlari va joylarda tashkil etilgan bank filiallarida, shuningdek, barcha to‘lov tizimlarining mobil ilovalari orqali 24/7 rejimida amalga oshirish mumkin.
Tabiiy gaz ta’minotini qaytadan boshlash uchun to‘lovni amalga oshirish va hisoblash asbobi blokirovka bo‘lib qolishining oldini olish maqsadida, o‘lchagichni yoqishdan oldin barcha gaz jihozlarini o‘chirib qo‘yish lozim. Ko‘k rangli «Enter» tugmasining uch marta bosilishi yonilg‘i ta’minotini davom ettirishga imkon beradi. Noto‘g‘ri yoqilganligi sababli «aqlli» hisoblagich blokirovka bo‘lib qolgan taqdirda 1104 raqamiga qo‘ng‘iroq qilish kerak. «Hududgazta’minot» AJ Call-markazi operatori hisoblagichingizni ulashda yordam beradi», deyiladi xabarda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter