«Huawei» yangi operatsion tizimini bir millionta smartfonga o‘rnatdi
Xitoyning «Huawei» kompaniyasi yangi — «HongMeng» operatsion tizimi o‘rnatilgan smartfonlarining birinchi partiyasini chiqardi. Bu haqda «ChinaDaily» gazetasi «Rosenblatt Securities» brokerlik kompaniyasi xabariga asoslanib yozmoqda.
Nashrga ko‘ra, yangi «operativka» 1 million dona qurilmada sinab ko‘riladi. «HongMeng» android-ilovalarni, kengaytirilgan xavfsizlik sozlamalarini qo‘llashi aytilgan.
Eslatib o‘tamiz, AQSh hukumati Xitoyga qarshi savdo urushlari doirasida «Huawei»ni ham «nishonga olishi» oqibatida xitoylik texnogigant amerikalik hamkorlarisiz qolgandi. Endi o‘z ishlanmalari, xususan, operatsion tizimini tatbiq etishga majbur bo‘lmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter