«Hozir mavridi emas»: Zelenskiy bosh vazir iste’fosini qabul qilmadi

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bosh vazir Aleksey Goncharukning iste’fosini qabul qilmadi. Bu haqda Ukraina prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.
Mavzuga oid: Rossiya ortidan Ukrainada ham bosh vazir iste’foga chiqmoqda — sababi mana shu audioda
Ta’kidlanishicha, Zelenskiy Goncharukni qabul qilib, «hozir mamlakatni iqtisodiy va siyosiy jihatdan parchalashning mavridi emasligini» ta’kidlagan.
Shuning barobarida, xabarga ko‘ra, prezident hukumat oldiga «kechiktirib bo‘lmas» vazifalarni qo‘ygan va hukumat tarkibida o‘zgarishlar bo‘lishi ehtimoli yo‘q emasligini ham ta’kidlab o‘tgan.
«Uchrashuvda vazirlar mahkamasi ishini optimallashtirish, vazirlar va davlat kompaniyalari rahbarlariga adolatli maosh to‘lash, o‘z vazifalarini uddalay olmagan vazirliklar rahbarlarini ishdan chetlatish, parlament bilan muloqotni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi», — deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter