Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Homilador va 3 yoshgacha bolasi bor ayollarni shtat qisqarishi asosi bilan ishdan bo‘shatish mumkin emas

Homilador va 3 yoshgacha bolasi bor ayollarni shtat qisqarishi asosi bilan ishdan bo‘shatish mumkin emas

Homilador va 3 yoshgacha bolasi bor ayollarni shtat qisqarishi asosi bilan ishdan bo‘shatish mumkin emas. Bu haqda Adliya vazirligi bir qancha tushuntirishlarni berdi.

Unga ko‘ra, ish beruvchi xodimni quyidagi holatlarda ishdan bo‘shatishi mumkin emas:

– kamsitishni taqiqlash talabini buzadigan holatlarda (talablar bu yerda);

– xodim «bolnichniy»da bo‘lganda (ya’ni, kasal bo‘lganda), har qanday «otpusk» (ta’til)ga chiqqanida;

– xodim davlat yoki jamoat majburiyatlarini bajarganligi uchun ishdan ozod etilganda;

– xodim xizmat safarida bo‘lganda;

– homilador ayollar homiladorlik davrida.

Shuningdek, 3 yoshgacha bolasi bor ayollar yoki 3 yoshgacha bo‘lgan bolani yolg‘iz tarbiyalayotgan ota (vasiy)ni faqat korxona tugatilganda, ular mehnat intizomini doimiy yoki bir marta qo‘pol ravishda buzganda ish beruvchi tomonidan bo‘shatish mumkin. Shtat qisqarishi yoki malakasi yetarli emasligi asosi bilan ularni ishdan bo‘shatish mumkin emas.

Korxona tugatilganda esa yuqoridagi holatlardagi cheklovlar qo‘llanilmaydi, ya’ni xodim «bolnichniyda», ta’tilda, xizmat safarida bo‘lganda yoki homilador bo‘lganda ham ishdan bo‘shatilaveradi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring