Hollandiya Senati «burqa»ni taqiqladi
Hollandiya Senati ta’lim, sog‘liqni saqlash, jamoat transporti va davlat idoralarida kishi yuzini to‘sadigan kiyim «burqa»da yurishni taqiqlovchi qonunni tasdiqladi. Bu haqda «Sabah» xabar bermoqda.
Qonunga ko‘ra, fuqarolar jamoat joylarida, ta’lim, sog‘liqni saqlash muassasalarida hamda jamoat transportida yuzini yopib yurishi, niqob taqib olishi man etiladi.
Senatda 31 ta qarshi, 44 ta yoqlab berilgan ovoz natijasida qabul qilingan qonunning qachon kuchga kirishi hali noma’lum.
Diniy erkinlikni cheklashi tufayli ushbu qonun loyihasi Hollandiya davlat kengashi tomonidan tavsiya qilinmagan, lekin 2016-yili Vakillar palatasi tomonidan qabul qilingan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter