Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Hokimning «qopdagi pullari» ham «Andijon»ga yordam bermadi

Hokimning «qopdagi pullari» ham «Andijon»ga yordam bermadi

Foto: penalti.uz

«Andijon» futbol klubi o‘z faoliyatini to‘xtatmoqda. Buni  jamoa bosh murabbiyi Viktor Kumikov tasdiqladi. Unga ko‘ra, jamoa keyingi turda «Paxtakor»ga qarshi o‘yinda  maydonga tushmaydi. Muammo — moliyaviy inqirozda. Jamoa a’zolari uch oydan beri maosh olishgani yo‘q. Klubning o‘tgan yildan qolgan qarzlari ham bor.

Eslatib o‘tamiz, shu yilning 13-mart kuni Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonov  «Andijon» futbol klubi a’zolari  va  muxlislari bilan uchrashib, jamoani qo‘llab-quvvatlash uchun barcha imkoniyatlarni ishga solayotgani, shunga qaramay natijalardan qoniqish hosil qilmayotganini ta’kidlagandi.

Shuningdek, o‘sha uchrashuvda hokim «qopda pul bilan» kelgani, ijobiy natija uchun mablag‘ ayamasligini aytib, o‘tgan yilgi qarzdorlik batamom qoplanishini tantana bilan aytgan edi. Biroq  va’dalar amalda o‘z aksini topmagan ko‘rinadi...

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring