Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Hokimlikdan kompensatsiya undiriladi

Hokimlikdan kompensatsiya undiriladi

Foto: «Xabar.uz»

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha Vakil devoniga Yangiyo‘l shahridagi  YaTT «Mulladjanov Abdusattor Ne’matjonovich» va YaTT «Rustamov Sherzod Nabijonovich»lar  Davlat ehtiyoji uchun olib qo‘yilgan noturar ob’yektlari uchun kompensatsiyani undirolmay sarson bo‘layotganini bildirib shikoyat yo‘llagan.

Aniqlanishicha, fuqarolarning Yangio‘l shahar Dehqon bozori hududidagi noturar-joy ob’yekti shahar hokimligi tomonidan davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilgan bo‘lishiga qaramay, kompensatsiya to‘lovlari to‘lab berilmagan. O‘rganish davomida Vakil Devoni tomonidan  tadbirkorlar manfaatida Yangiyo‘l shahar Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudga da’vo ariza kiritildi.

Fuqarolik  sudi  tomonlarning  da’vo va e’tirozlari, holat yuzasidan mutaxassislarning fikrini o‘rgangan holda javobgar Yangiyo‘l shahar hokimligidan tadbirkorlar foydasiga jami  880,7 mln.so‘m kompensatsiya to‘lovini undirish to‘g‘risidagi da’vo qanoatlantirilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring