Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Hokimlik fermerlarni shu ahvolga tushiradi deb kim o‘ylabdi?

Hokimlik fermerlarni shu ahvolga tushiradi deb kim o‘ylabdi?

O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligini rivojlantirish, import hajmini oshirish va fermer xo‘jaliklarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash muhimligi davlat rahbari tomonidan ko‘p marotaba ta’kidlangan, deb xabar bermoqda Biznes-Ombudsman matbuot xizmati.

Qayd etilishicha, fermer xo‘jaliklari huquqlari Yer kodeksi, «Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida»gi qonun va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar bilan ta’minlangan.

Ammo fermer xo‘jaliklariga ijaraga berilgan yer maydonlari qonunga zid ravishda bekor qilinganlik holatlari uchrab turibdi.

Boyovut tuman hokimligi tomonidan 2016-yilda «Djuraboy Dilfuza Fayz», «Kulmatova Marxabo», «Miroxirov Ismatillo»  va «Ergashev Firdavs» fermer xo‘jaliklariga 49 yil muddatga yer maydonini ijaraga berish to‘g‘risida shartnomalari tuzilgan. Biroq tuman hokimining 2019-yil 8-fevraldagi qaror bilan yuqoridagi shartnomalar qonunga zid ravishda bir tomonlama bekor qilingan.  Vaholanki, yer uchastkasini ijaraga olish shartnomasi o‘zgartirilishi yoki bekor qilinishi taraflarning kelishuviga asosan amalga oshirilishi belgilangan. Taraflar kelishuvga erishmagan taqdirda  masala sud orqali hal qilinishi lozim. Shuningdek, tuman hokimligi ijaraga berish shartnomasini bir tomonlama bekor qilish huquqiga ega emasligi belgilangan.

Mazkur holat bo‘yicha Biznes-ombudsman tomonidan Sirdaryo viloyati hokimligiga Boyovut tumani hokimining 2019-yil 8-fevraldagi qarorini bekor qilish yuzasidan taqdinoma kiritilgan.

Natijada Boyovut tuman hokimligining qarori bekor qilinib, «Djuraboy Dilfuza Fayz», «Kulmatova Marxabo», «Miroxirov Ismatillo»  va «Ergashev Firdavs» fermer xo‘jaliklariga tegishli yer maydonlari qaytarib berildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring