Hokimlar urush qatnashchilarini yo‘qlayapti
9 may — Xotira va qadrlash kuni arafasida urush qatnashchilarini xotirlash va yo‘qlash amallari boshlanib ketgan.
Xususan, Toshkent viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Zoyir Mirzayev Ohangaron shahridagi Yangiobod mahallasidagi Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi Bekmirza ota Absalamovni ko‘rgani borgan. Hokim prezident Shavkat Mirziyoyevning bayram tabrigini o‘qib eshittirgan va 15 million so‘m pul mukofoti, maxsus esdalik sovg‘asini topshirgan.
Shuningdek, Jizzax viloyati G‘allaorol tumanida yashovchi ikkinchi jahon urushi qatnashchisi Otaboy ota Amonovning 100 yoshlik yubileyiga bag‘ishlangan bayram tadbirida viloyat hokimi Ergash Soliyev qatnashgan va sovg‘alarni bergan.
Bunday tadbirlar boshqa viloyatlar va hududlarda ham davom etmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter