Hokimlar endi bir vaqtning o‘zida xalq deputatlari Kengashining raisi bo‘la olmaydi

Ayni vaqtda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi qo‘shma yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.
Deputatlar qayd etishganidek, avvalgi muhokamalarda Konstitutsiyaviy qonun loyihasidan hokimlarning xalq deputatlari Kengashlariga boshchilik qilishini nazarda tutuvchi qoida chiqarib tashlangan edi.
Biroq, jamoatchilik tomonidan berilgan takliflarda bunday o‘zgarishning o‘zi yetarli emasligi, ya’ni hokimlar xalq deputatlari Kengashlarida rahbar bo‘la olmasligi aniq ko‘rsatilishi kerakligi bildirilgan edi.
Shunga muvofiq, «hokim lavozimini egallab turgan shaxs bir vaqtning o‘zida tegishli xalq deputatlari Kengashining raisi lavozimini egallashi mumkin emas» degan qat’iy norma o‘rnatilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter