Hokimdan hayfsan olgan o‘rinbosar ishdan ketdi

Joriy yilning 18-mart kuni Muborak tumani hokimi Akrom Aripovning tegishli qarori qabul qilindi.
Qaror bilan Ergashev Sanjar Tog‘aymurodovich 2022-yil 7-martdan Muborak tumani hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari, iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bo‘limi boshlig‘i lavozimidan ozod etilishi belgilangan.
Qayd etilishicha, o‘rinbosarning ishdan ketishida uning o‘z arizasi asos qilib olingan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq hokimning bu o‘rinbosariga hayfsan e’lon qilingandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter