Hokim o‘rinbosari va bosh sanitar-vrach pnevmoniyadan vafot etdi — Olmaota

Qozog‘istonning Olmaota viloyati hokimi o‘rinbosari Serikjan Beskempirov 60 yoshida vafot etdi. Bu haqda «Zakon.kz» xabar berdi.
Serikjan Beskempirov ko‘p yillar davomida qishloq xo‘jaligi ishlari bo‘yicha mas’ul sifatida viloyatda sohaning rivojiga hissa qo‘shib kelgan.
Ikki tomonlama pnevmoniya oqibatida Beskempirov bugun olamdan o‘tgani haqida viloyat hokimining matbuot kotibi «Facebook»da ma’lum qildi.
Eslatib o‘tamiz, Olmaota viloyatining bosh sanitar-vrachi Qayrat Baymuxambetov ham bugun vafot etgan. Viloyat hokimligi Baymuxambetovning o‘limiga koronavirus emas, pnevmoniya sababchi bo‘lganini ma’lum qilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter