Hokim o‘rinbosari murojaatchi bilan yotgan holda gaplashganiga izoh berdi
Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyati Koson tumani hokimi o‘rinbosari Ubaydulla Ochilovning fuqaro murojaatini yotgan holda eshitayotgani tasvirlangan video tarqaldi.
Murojaatchi fuqaro u bilan yotib muloqot qilayotgan hokim o‘rinbosariga unga uy berilishi va’da qilingan gaplarni tasvirga tushirganini aytadi. Hokim o‘rinbosari esa videolarni yo‘qotmaslikni, imkoni bo‘lsa ikki-uchta nusxa qilib qo‘yishni maslahat beradi. Bundan ajablangan murojaatchi mas’ulga «Hamma murojaatchilar bilan shunday yotib gaplashasizmi?», deya savol beradi. Hokim o‘rinbosari esa hali tushlik ham qilmaganini aytadi.
Hokim o‘rinbosari bu ishini o‘sha paytda sog‘lig‘ida muammo bo‘lgani bilan izohlagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter