«Hizbulloh» yangi rahbari haqida ma’lumotlar paydo bo‘ldi
«Hizbulloh» bayonotiga ko‘ra, Naim Qosim Livan guruhning yangi bosh kotibi etib saylangan.
Guruhni 1992-yildan beri boshqargan Hasan Nasrulloh 27-sentyabr kuni Isroil hujumi oqibatida halok bo‘lgan edi.
Naim Qosim yangi lavozimga saylanishidan oldin harakat Bosh kotibi o‘rinbosari lavozimida ishlagan. Guruh o‘z bayonotida o‘z maqsadlariga erishish yo‘lida hamjihatlikda harakat qilishga va «g‘alabaga erishilgunga qadar qarshilik alangasi yorqin va bayrog‘ini ko‘tarib turishga» va’da berdi.
1992-yildan beri Hizbullohga rahbarlik qilgan Hasan Nasrulloh Isroilning Bayrutdagi yerosti qarorgohiga uyushtirgan havo hujumida halok bo‘ldi. Ma’lumotlarga ko‘ra, u joylashgan hududga yahudiy davlati kuchlari 73 tonna bomba tashlagan.
«Hizbulloh»ning Nasrullohdan keyingi yangi rahbari Hoshim Safi ad-Din oktyabr oyi boshida Livan poytaxti Bayrutga Isroil bergan zarbalar oqibatida halok bo‘lgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter