Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Hisob palatasiga qo‘shimcha vakolatlar berilyapti

Hisob palatasiga qo‘shimcha vakolatlar berilyapti

Senatning 42-yalpi majlisida Hisob palatasining faoliyatini takomillashtirilishga doir Qonun ko‘rib chiqildi.

Yalpi majlisda ta’kidlanishicha, bugungi kunda Hisob palatasi faoliyatining ochiqligi va shaffofligini oshirish, amalga oshiriladigan nazorat tadbirlarining maqsadlari va tartibini belgilash, shuningdek davlat xaridlari sohasidagi qonunlar ijrosi ustidan nazoratni amalga oshirishda Hisob palatasining vazifalarini aniqlashtirish zarurati dolzarb ahamiyat kasb etyapti.

Shu munosabat bilan, ushbu Qonunda Hisob palatasiga oz miqdorda talon-toroj qilinganligi va davlat xaridlari to‘g‘risidagi qonunchilik buzilganligi, Moliya vazirligining Davlat moliyaviy nazorati organlariga esa oz miqdorda talon-toroj qilinganligi uchun ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risida bayonnoma tuzish vakolatlarini berish nazarda tutilmoqda.

 Shuningdek, Hisob palatasining o‘z ish rejalari, moliyaviy huquqbuzarliklar va ularni bartaraf etish natijalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘zining veb-saytiga joylashtirishga hamda jamoatchilikni o‘z faoliyati haqida har chorakda xabardor qilib borishga doir majburiyatlarini nazarda tutuvchi o‘zgartishlar kiritilmoqda.

Bundan tashqari, Hisob palatasi tomonidan amalga oshiriladigan nazoratning shakllari va turlari kengaytirilib, taftish, tekshirish va o‘rganishga oid nazorat tadbirlarining farqli tomonlari ochib berilgan va ularni amalga oshirish mexanizmlari huquqiy jihatdan mustahkamlangan.

Qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring