Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Hindistonning yana bir dori vositasi xavfli deb topildi

Hindistonning yana bir dori vositasi xavfli deb topildi

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti 2023-yil 22-fevral sanasida e’lon qilgan tibbiy mahsulot to‘g‘risidagi 2/2023-sonli xabarnomasida Hindistonning «Galentic Pharma Pvt. Ltd.» kompaniyasi ishlab chiqargan oftalmologiyada qo‘llaniladigan «Tetratsiklin gidroxloridi USP 1%» surtma dori preparati turli mamlakatlarga har xil markirovka yorlig‘i ostida yetkazib berilgani shuningdek, ba’zi partiyalarda bir qator sifat muammolari boriligini ma’lum qilib, mazkur dori preparatini ehtiyotkorlik yuzasidan qo‘llamaslikni tavsiya qildi.

O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazi esa yuqorida qayd etilgan dori preparatining O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tkazilmaganligini bildirdi.

Markaz, shuningdek, dori vositalarini qo‘llash chog‘ida nojo‘ya reaksiyalar kuzatilgan holatlarda darhol davolovchi shifokorga murojaat qilishni tavsiya qilmoqda. Shifokor ham o‘z vaqtida nojo‘ya ta’siri sezilgan dori vositasi haqida quyidagi havolada ko‘rsatilgan shakldagi xabarnomani Markaz elektron pochtasi ([email protected])ga jo‘natishi talab etiladi.

 

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring