Hindistonlik multimillioner farrosh
Oddiy kunlarning birida makkalik bir kishi Al-Harom masjidida ibodat qildi va masjidni tozalab yuruvchi keksa kishiga ozroq sadaqa bermoqchi bo‘ldi. Ammo chol unga jilmaydi va o‘zining hamyonini ochib ko‘rsatdi. Hamyonda ko‘p miqdorda pul va bank kartalari bor edi.
— Taklifingiz uchun tashakkur. Ammo men bu sadaqaga muhtoj emasman. Uni kambag‘allarga beraqoling.
Makkalik musulmon hayron bo‘ldi va so‘radi:
— Siz kimsiz va bu yerda nima qilib yuribsiz?
— Men Hindistonning turli shaharlaridagi mehmonxonalar sohibiman. Tarmog‘im yaxshi ishlab turibdi va menga katta foyda keltirmoqda. Vaqti-vaqti bilan men Saudiyaga 6 oylik ish vizasi olaman va shu masjidni tozalashga kelaman. Yagona maqsadim Yaratganning inoyatiga sazovor bo‘lish, rizoligiga erishish. Men faqat Uning o‘zi uchun ishlayapman.
Makkalik quloqlariga ishonmadi va masjidning boshqa xodimlaridan bu odam haqida so‘radi. Xodimlarning bari chol hindistonlik multimillioner ekanligini ta’kidlashdi...
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter