Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Hindistonlik bojxonachilar samolyot hojatxonasidan to‘rtta oltin bo‘lagini topdilar

Hindistonlik bojxonachilar samolyot hojatxonasidan to‘rtta oltin bo‘lagini topdilar

Mazkur hodisa «Jet Airways» aviakompaniyasining Mangalurga uchuvchi samolyoti bortida sodir bo‘lgan.

Foto: «akchabar.kg»

Hindiston bojxona xizmati xodimlari Dubaydan Mangalur shahriga uchib kelgan samolyot hojatxonasidan umumiy narxi 1,22 million rupiy (taxminan 188 ming dollar) bo‘lgan to‘rt oltin bo‘lagini topishgan.

Bu haqida «NDTV» telekanaliga asoslanib, «RIA Novosti» xabar bermoqda. Mazkur hodisa «Jet Airways» aviakompaniyasining Mangalurga uchuvchi samolyoti bortida sodir bo‘lgan.

Bundan tashqari xuddi shu reysdagi yo‘lovchidan ham uncha katta bo‘lmagan oltin bo‘lagi topilgan. Oltinning qiymati 700 ming rupiy (10,7 ming dollar) deya baholangan. Ma’lumotlarga ko‘ra, yo‘lovchi oltinni noqonuniy ravishda olib o‘tgan. Jinoyatchi qo‘lga olingan, unga sherik kontrabandistlar qidiruvi esa davom etmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring