Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Hindistonda samolyot halokati bo‘yicha yangi tafsilotlar (video)

Hindistonda samolyot halokati bo‘yicha yangi tafsilotlar (video)

Foto: «Front.new.jojo.ru»

Bir oz avval Hindiston aeroportida yo‘lovchi samolyoti halokatga uchragani haqida xabar bergandik.

Ijtimoiy tarmoqlarda Hindistonning Keral shtati Kojikode shahrida «Air India Express» aviakompaniyasiga qarashli «Boeing 737» layneri halokatga uchragan joydan tasvirga olingan video paydo bo‘ldi.

Kadrlarda hodisa joyida ishlayotgan qutqaruvchilarni ko‘rish mumkin.

Dubaydan uchib kelgan samolyot uchish-qo‘nish yo‘lakchasidan chiqib ketgan va bo‘laklarga ajralib ketgan. Laynerning old qismi vayron bo‘lgan.

Samolyot bortida, turli ma’lumotlarga ko‘ra, 170 — 194 kishi bo‘lgan. «News18» portalining xabariga ko‘ra, fojia oqibatida uch kishi halok bo‘lgan. 50 dan ortiq kishi jarohatlangan.

Ayrim manbalarga ko‘ra, 15 kishi hayotdan ko‘z yumgan, 123 kishi turli darajada jarohatlangan, ulardan 15 nafari o‘ta og‘ir ahvolda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring