Hindiston Xitoy bilan hamkorlikni rivojlantirishni rejalashtirmoqda
Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi va Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Szinpin Xitoy–Hindiston chegarasida tinchlikni mustahkamlash hamda ikki davlatning harbiy hamkorligini mustahkamlashga kelishib olishdi. Bu haqda «RIA Novosti» Hindiston tashqi ishlar vazirligi ma’lumotlari asosida xabar berdi.
«Ikki davlat yetakchilari Hindiston–Xitoy chegarasida tinchlikni mustahkamlash, strategik sheriklikni kuchaytirish, shuningdek, ikki tomonlama aloqalarni o‘zaro tushunish asosida yuksaltirish maqsadida harbiylar uchun strategik ko‘rsatmalar berishga kelishib olishdi», — deya mazkur nashr Hindiston tashqi ishlar vaziri kotibi Vidja Keshava Gokxalaning iqtibosini keltiradi.
Hindiston bosh vaziri va XXR rahbari terrorizmning har qanday xavfiga qarshi birgalikda kurashish bo‘yicha hamkorlikni davom ettiradi.
Nashr manbasining ma’lumotlariga ko‘ra, Hindiston va Xitoy Afg‘onistonda qo‘shma iqtisodiy loyihani amalga oshirishni ham rejalashtirmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter