Hindiston Olimpiya o‘yinlarini o‘tkazmoqchi

Hindiston 2036-yilda o‘tkaziladigan Olimpiya o‘yinlari mezbonligi uchun kurashib ko‘rmoqchi. Xalqaro olimpiya qo‘mitasiga taqdim etiladigan ariza ustida ish boshlangan, deyiladi «Vesti» xabarida.
Hindiston milliy olimpiada qo‘mitasi prezidenti Narinder Batraning ta’kidlashicha, Olimpiya o‘yinlari uch-to‘rtta shaharda o‘tkazilishi mumkin. Masalan, eng zo‘r stadionlarga ega Ahmadobod O‘yinlarni ochib bersa bo‘ladi.
Ma’lumot uchun: Yozgi olimpiya o‘yinlariga 2024-yilda Parij (Fransiya), 2028-yilda Los-Anjeles (AQSh), 2032-yilda Brisben (Avstraliya) mezbonlik qiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter