Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Hindiston iqtisodiyoti 45 foizga qulaydi — «Goldman Sachs»

Hindiston iqtisodiyoti 45 foizga qulaydi — «Goldman Sachs»

Foto: «Dailyhunt»

«Goldman Sachs» investitsiya banki, joriy yil 2-choragi yakunlariga ko‘ra, Hindiston yalpi ichki mahsuloti 45 foizga qulaydi, degan to‘xtamga keldi. Bank ekspertlari holatni koronavirus pandemiyasi tufayli mamlakat iqtisodiyoti «qo‘l-oyog‘i» qariyb butunlay bog‘lab tashlangani bilan izohlashmoqda.

Biroq uchinchi chorakdan boshlab 20 foizlik keskin sakrash yuz berishi ham mumkin. Sakrashdan keyingi tiklanish jarayoni esa birmuncha sekin davom etadi.

Umuman olganda, bank prognozlashicha, Hindiston yalpi ichki mahsuloti amaldagi moliyaviy yilda 5 foizga pastlab, Hindiston tarixiga shu paytgacha kuzatilgan eng chuqur iqtisodiy pasayish sifatida yoziladi.

Eslatib o‘tamiz, bosh vazir Narendra Modi iqtisodiyotni qutqarib qolish uchun YaIMning 10 foizi atrofida — 266 mlrd. AQSh dollari ajratilishini ma’lum qilgandi.

«Financial Times» yozishicha, eng qattiq karantin choralariga qaramay, Hindistonga koronavirus xuruji tobora o‘sib boryapti, ayniqsa, odamlar gavjum yashovchi xarobalar eng katta xavf ostida.

Mamlakatda, 18-may holatiga, koronavirusni yuqtirganlar soni 96 169 nafarni tashkil etmoqda, sog‘ayganlar — 36 824 nafar, qurbonlar — 3 029 nafar.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring