Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Hindiston bosh vaziri O‘zbekiston xalqiga mehmondo‘stligi uchun o‘zbek tilida minnatdorlik bildirdi

Hindiston bosh vaziri O‘zbekiston xalqiga mehmondo‘stligi uchun o‘zbek tilida minnatdorlik bildirdi

Hindiston bosh vaziri Narendra Modi Tvitterdagi sahifasida O‘zbekiston xalqiga va hukumatiga mehmondo‘stlik uchun o‘zbek tilida minnatdorlik bildirdi. 

«ShHT sammitida samarali ikki va ko‘p tomonlama uchrashuvlar olib bordik. O‘zbekiston xalqi va hukumatiga mehmondo‘stlik uchun minnatdorchilik bildiraman», – deb yozadi Hindiston bosh vaziri.

Eslatib o‘tamiz, Narendra Modi joriy yilning 16-sentyabr kuni ShHTning Samarqand sammitida ishtirok etish uchun O‘zbekistonga tashrif buyurgan edi.

Shuningdek, ShHTning asosiy tadbiridan so‘ng O‘zbekiston Shavkat Mirziyoyev Hindiston Respublikasi Bosh vaziri Narendra Modi bilan uchrashuv o‘tkazib, oliy martabali mehmonni  Hindiston mustaqilligining 75 yilligi bilan samimiy tabriklagan edi.


Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring