Himoyachidan voz kechish jarayoni videoyozuvda qayd etilishi shart (infografika)
«O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksiga jinoyat protsessida ishtirok etuvchi fuqarolarning huquq va erkinliklarini muhofaza qilishni kuchaytirishga qaratilgan o‘zgartishlar va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida» Qonun (O‘RQ-617-son, 14.05.2020 y.) Prezident tomonidan imzolandi. Bu haqda «Huquqiy axborot» kanali xabar berdi.
Kiritilgan o‘zgartishlarga ko‘ra, endilikda gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchining himoyachidan voz kechish jarayoni videoyozuv orqali qayd etilishi shart.
Shuningdek, shaxsni ushlash, shaxsni ushlash jarayonida o‘tkaziladigan shaxsiy tintuv va olib qo‘yish protsessual harakatlari ham endilikda videoyozuv orqali qayd etilishi shart bo‘ladi.
Bundan tashqari, shaxsga nisbatan qo‘llaniladigan protsessual majburlov chorasi va shaxs ushlab turilgan joyi to‘g‘risida uning yaqinlariga darhol xabar berilishi shartligi belgilandi.
(ilgari 24 soatdan kechiktirmasdan xabar berilishi shart bo‘lgan)
Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter