Hechdan ko‘ra kech: amerikalik 84 yil ilgari olingan kitobni kutubxonaga qaytardi
AQShning Luiziana shtatida yashovchi erkak (kimligi oshkor qilinmagan) onasi 84 yil ilgari kutubxonadan olgan kitobni qaytardi. Yozuvchi Edgar Li Masters qalamiga mansub, 1915-yilda chop etilgan «Spun-River antologiyasi»ni bu odam uyni yig‘ishtirayotib topib olgan.
Ma’lum bo‘lishicha, kitob 1934-yilda kutubxonadan olingan ekan. Kitobni olgan ayol u paytda 11 yoshli qizaloq bo‘lgan. O‘sha paytdagi qoidalarga ko‘ra, har kechiktirilgan kun uchun kitobni olgan odam 5 sentdan to‘lashi kerak ekan. Jarima puli hozir bir yarim ming dollardan oshib ketgan bo‘lardi. Biroq hozir bu kutubxonadagi eng katta jarima — 3 dollar.
Kitobni qaytarib bergan odamdan shu jarimani ham talab qilishmadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter