Haykal oldidagi jinoyat fosh etildi
2021-yil 25-aprel kuni soat 03:00 larda ikki nafar noma’lum shaxslar Toshkent shahri Chilonzor tumani Chilonzor ko‘chasida joylashgan «Gagarin» nomiga o‘rnatilgan haykal oldida turgan 23 yoshli Yu.Yunusjonga hayoti uchun xavfli bo‘lmagan tan jarohati yetkazib, uning qo‘lida bo‘lgan 650.000 so‘m pullarini ochiqdan-ochiq tortib olib, hodisa joyidan yashiringanlar. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar bergan.
Tezkor-qidiruv harakatlari davomida, ushbu jinoyatni 20 yoshli R.Jamoliddin va 21 yoshli A.Sherzodlar sodir etganliklari aniqlanib, ulardan 650 000 so‘m pullar ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.
Mazkur holat yuzasidan Chilonzor tumani bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan R.Jamoliddin va A.Sherzodlarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 166-moddasi 2-qismi «a,v» bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, protsessual tartibda ushlanganlar.
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter