Haydovchining xatosi ayanchli oqibatga olib keldi

Sharof Rashidov tumani Xayrobod mahalla fuqarolar yig‘inidan o‘tuvchi Toshkent – Termiz M-39 yo‘lining 997-kilometrida yo‘l-transport hodisasi ro‘y berdi.
Samarqand viloyati Ishtixon tumani Buloqboshi mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi shaxs ixtiyoridagi «Neksiya» boshqaruvini yo‘qotib, avtoulov yo‘l chetiga ag‘darilgan.
Oqibatda mashina salonida bo‘lgan yo‘lovchi, Samarqand viloyati Ishtixon tumani Fayzobod mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qilgan shaxs tan jarohatlari olib, voqea joyida vafot etgan.
Yana bir yo‘lovchi, Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumani Chimyobot mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi fuqaro o‘ng jag‘ sohasining yopiq sinishi tashxisi bilan shifoxonaga yotqizilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter