Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Haydovchilik guvohnomasini almashtirmaganlar jarima to‘laydimi?

Haydovchilik guvohnomasini almashtirmaganlar jarima to‘laydimi?

Bugun – 2023-yil 31-mart kuni eski namunadagi haydovchilik guvohnomalarini (2010-yilgacha berilgan) yangisiga almashtirishning so‘nggi kuni.

Ya’ni joriy yil 1-apreldan boshlab 2010-yilgacha berilgan eski namunadagi haydovchilik guvohnomalari haqiqiy emas, deb hisoblanadi.

Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmatining O‘zAga ma’lum qilishicha:

— Haydovchilik guvohnomasini almashtirishga murojaat qilganda yoki belgilangan muddatlarda almashtirilmasdan keyin almashtirishga murojaat qilganda ma’muriy jazo qo‘llanilmaydi. 

Faqat avtotransport vositasini boshqarish huquqini bermaydi, ya’ni muddati o‘tgan yoki belgilangan muddatlarda almashtirilmagan haydovchilik guvohnomasi bilan avtomobil boshqargan shaxsga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 135-moddasi bilan «hujjatsiz boshqarish» sifatida ma’muriy bayonnoma rasmiylashtiriladi.

Avvalroq uydan chiqmay turib haydovchilik guvohnomalarini almashtirish mumkinligi ma’lum qilingandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring