Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Haydovchilarni tayyorlash bo‘yicha yangi qoidalar e’lon qilindi

Haydovchilarni tayyorlash bo‘yicha yangi qoidalar e’lon qilindi

Foto: Xabar.uz

«Avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish hamda ularni imtihondan o‘tkazish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Hukumat qarori (393-son, 20.07.2022-y.) qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, haydovchilarni tayyorlashda o‘quv soati haftasiga 20 soatgacha, kunlik 4 soatgacha rejalashtiriladi.

Haydovchilarning malakasini oshirganlik bo‘yicha sertifikatlar faqat elektron racmiylashtiriladi.

Amaliy imtihonlarda «V» toifa uchun ishlab chiqarilganiga 5 yildan ko‘p bo‘lmagan, boshqa toifalar uchun 10 yildan ortiq bo‘lmagan transportlardan foydalaniladi.

O‘quv dasturlarini Ichki ishlar vazirligi ishlab chiqadi va tasdiqlaydi. Yagona namunadagi animatsiyali nazariy imtihon savollari 1 000 tadan kam bo‘lmagan miqdorda tasdiqlanadi.

2023-yil 1-yanvargacha Yo‘l harakati xavfsizligi xizmatining avtomatlashtirilgan Yagona axborot tizimi ishga tushiriladi.

2022-yil 1-noyabrdan haydovchilik uchun beriladigan tibbiy ma’lumotlarning yagona elektron bazasi shakllantiriladi va Yagona axborot tizimiga integratsiya qilinadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring