Haydovchi piyodaga yordam bermay, ketib qoldi
O‘zbekiston Respublitkasi IIV YHXBB Axborot xizmatining bergan ma’lumotiga ko‘ra, joriy yilning 1 yanvar kuni soat 08:00 larda, Surxondaryo viloyati Angor tumanidan o‘tgan M-39 «Olmaota-Bishkek-Toshkent-Termiz» avtomobil yo‘lining 1425-km.da, noma’lum haydovchi noma’lum transport vositasi bilan piyoda, Angor tumanida yashagan, 1989 yilda tug‘ilgan D.A.ni urib yuborib, yo‘l-transport hodisasi joyidan yashiringan. Natijada piyoda D.A. voqea joyida halok bo‘lgan. Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu yo‘l-transport hodisasini haydovchi Qiziriq tumanida yashovchi, 1980 yilda tug‘ilgan Sh.B. o‘z boshqaruvidagi «Lasetti» rusumi avtomobilida sodir etgani aniqlanib, shu kuni ushlangan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yo‘l-transport hodisasi haydovchining o‘z boshqaruvidagi «Lasetti» rusumli avtomobilida, yo‘lni belgilanmagan joyidan kesib o‘tayotgan piyodani urib yuborishi oqibatida sodir bo‘lgan. Achinarlisi, haydovchi jabrlanuvchiga yordam ko‘rsatmay hodisa joyidan ketib qolgan.
Hurmatli haydovchilar, yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lganda shikastlanganlarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish choralarini ko‘rish, tez tibbiy yordam va favqulodda qutqaruv xizmatlarini chaqirish, shoshilinch hollarda esa shikastlanganlarni yaqin oradagi davolash-profilaktika muassasasiga yo‘lakay transport vositasida jo‘natish, buning imkoni bo‘lmagan hollarda o‘z transport vositasida olib borish haydovchining majburiyatlariga kirishini unutmang.
IIV Axborot xizmati
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter