Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Harorat keskin soviydi, yomg‘ir qorga aylanadi  — «O‘zgidromet»

Harorat keskin soviydi, yomg‘ir qorga aylanadi  — «O‘zgidromet»

Foto: «Xabar.uz»

«O‘zgidromet» mamlakatimiz bo‘yicha 30-noyabrdan 3-dekabrgacha ob-havo prognozini taqdim etdi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushadi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 30-noyabrda kechasi 0-5°sovuq, kunduzi 2°sovuq-3°iliq, 1-3-dekabrda kechasi 5-10°sovuq, kunduzi 0-5°sovuq; Ustyurtda 30-noyabrda kechasi 3-8°sovuq, kunduzi 0-5°sovuq, 1-3-dekabrda kechasi 8-13°sovuq, kunduzi 2-7°sovuq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, 30-noyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. 1-3-dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 30-noyabrda kechasi 2-7°iliq, kunduzi 5-10°iliq, 1 dekabrda kechasi 2° sovuq-3°iliq, kunduzi 2-7°iliq, 2-3-dekabr kechasi 0-5°sovuq, kunduzi 0-5°iliq, Navoiy viloyatining shimolida 30-noyabrda kechasi 0-5°sovuq, kunduzi 2° sovuq-3°iliq, 1-3-dekabrda kechasi 5-10° sovuq, kunduzi 0-5°sovuq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, 30 noyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, 1 dekabrda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. 2-3-dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushadi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 30-noyabrda kechasi va kunduzi 5-10° iliq, 1-dekabrda kechasi 0-5°iliq, kunduzi 2-7°iliq, 2-3-dekabr kechasi 0-5°sovuq, kunduzi 0-5°iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, 30 noyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, 1-3 dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushadi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 30 noyabrda kechasi 3-8°iliq, kunduzi 8-13°iliq, 1 dekabrda kechasi 3-8°iliq, kunduzi 5-10°iliq, 2-3 dekabrda kechasi 0-5°iliq, kunduzi 3-8°iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, 30-noyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, 1- dekabrda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. 2-3-dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushadi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 30 noyabrda kechasi 2-7°iliq, kunduzi 6-11°iliq, 1-dekabrda kechasi 0-5°iliq, kunduzi 2-7°iliq, 2-dekabrda kechasi 2° sovuq-3°iliq, kunduzi 0-5°iliq, 3-dekabrda kechasi 0-5°sovuq, kunduzi 0-5° iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, 30-noyabr — 2-dekabrda vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, 30-noyabr — 1-dekabrda ba’zi joylarda kuchli bo‘lishi mumkin. 3 dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushadi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 30-noyabrda kechasi va kunduzi 0-5° iliq, 1-3-dekabrda kechasi 7-12°sovuqgcha, kunduzi 0-5°sovuqgacha pasayadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring