Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Haromdan qo‘rqmaganlar» videosi yuzasidan rasmiy ma’lumot berildi

«Haromdan qo‘rqmaganlar» videosi yuzasidan rasmiy ma’lumot berildi

Toshkent shahar IIBB xodimlari internet tarmog‘ida tarqalayotgan ayol va erkak kishining do‘kondan o‘g‘rilik sodir etayotganligi videokuzatuv kamerasiga tushib qolgan videotasvirni o‘rganib chiqib, quyidagilarni ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, mazkur holat bo‘yicha Toshkent shahar IIBBga ariza kelib tushmagan. Shunga qaramasdan, IIBB xodimlari videotasvirni o‘rganib, avtomobil raqami orqali haydovchini va avtomobil egasini shaxsini aniqlashgan.  

«Captiva» (davlat raqami 01 D 080 NA) rusumli avtomobil 30 yoshli Aziza D.ga tegishli, lekin ko‘pincha transport vositasini ishonchnoma orqali uning akasi 41 yoshli Anvar D. boshqaradi. Ushbu fuqaro topilib, holatga oydinlik kiritish maqsadida Toshkent shahar IIBBga chaqirtirilgan. Anvarning so‘ziga ko‘ra, holat 2021 yil 26 iyun kuni taxminan soat 21.00 larda, Toshkent viloyati Toshkent tumani Ravnaq ko‘chasida sodir bo‘lgan.

Do‘kon egasi Toshkent viloyati IIBBga ariza bilan murojaat qilib, haqiqatdan ham o‘g‘irlik yuz berganligini tasdiqlagan va 225.000 so‘m miqdorida moddiy zarar yetkazilganligini ma’um qilgan.

«Holat yuzasidan Toshkent viloyati IIBB tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda, natijasi bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilinadi», deyiladi xabarda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring