Harbiylarning oila a’zolari ham ish bilan ta’minlanmoqda
21-may kuni Chirchiq shahridagi «G‘alaba» mahallasi hududida harbiy xizmatchilarning oila a’zolarini ish bilan ta’minlash maqsadida yangi tashkil etilgan tikuvchilik va to‘quvchilik sexining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi, deb xabar berdi Mudofaa vazirligi matbuot xizmati.
Korxonaning ochilish marosimida Mudofaa vazirligi tizimidagi harbiy xizmatchilarning oila a’zolari bilan ishlovchi mutaxassislar va boshqalar ishtirok etdi.
Bu yerda xarid qilingan 24 ta yangi tikuv mashinalarida tikish-bichish ishlari amalga oshiriladi. Shuningdek, xorijiy investitsiyalarni jalb etish orqali Janubiy Koreyaning «Tex-maks» kompaniyasidan qabul qilingan 6 ta to‘quv dastgohida qishki va yozgi paypoqlar to‘qish ishlari yo‘lga qo‘yilmoqda. Buning natijasida 50 dan ortiq yangi ish o‘rni yaratilib, harbiy xizmatchilarning oila a’zolari bandligi ta’minlanishiga erishilmoqda.
Ishchilarga hozircha 1 million so‘m oylik maosh va ikki mahal bepul ovqat bilan ta’minlash va’da qilingan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter