Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Harbiy xizmatchilar qasamyod qilishdi

Harbiy xizmatchilar qasamyod qilishdi

Bugun, 23 aprel kuni Mudofaa vazirligiga qarashli harbiy qism va muassasalarida tantanali ravishda harbiy xizmatga yangi chaqirilgan muddatli harbiy xizmatchilarni Vatanga qasamyod keltirish marosimi o‘tkazildi.

Bu marosimlar bugun barcha harbiy okruglar, harbiy qism va muassasalarda o‘tkazildi. Joylardagi marosimlarda Mudofaa vazirligi, harbiy okruglar va harbiy qismlarning mas’ul ofitserlari har bir yurt o‘g‘loniga muddatli harbiy xizmat davomida ulkan zafarlar tiladi.

Asosiy tadbirdan so‘ng, harbiy xizmatchilar tomonidan ko‘rgazmali qo‘l jangi va jangovar chiqishlar, konsert dasturlari namoyish etiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring