Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Harbiy unvonlar va staj. Qanday o‘zgartirishlar kiritildi?

Harbiy unvonlar va staj. Qanday o‘zgartirishlar kiritildi?

Foto: «Xabar.uz»

Prezidentning «O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi PF-6230-son Farmoni qabul qilindi.

«Norma»ga ko‘ra, hujjat bilan «Milliy gvardiya to‘g‘risida»gi Qonunga muvofiq Prezidentning quyidagi hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi:

1) quyidagilar Milliy gvardiya organlari maxsus unvonlari: leytenant, katta leytenant, kapitan, mayor, podpolkovnik, polkovnik, general-mayor, general-leytenant, general-polkovnik unvonlari bilan to‘ldirildi:

Prezidentning 2018-yil 13-iyuldagi PF-5482-son Farmoniga 6-ilova;

Ichki ishlar organlarida xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risidagi nizomga ilova (29.11.2017 yildagi PQ-3413-son qaror bilan tasdiqlangan);

Davlat bojxona xizmati organlarida xizmatni o‘tash to‘g‘risidagi nizomga ilova (12.04.2018 yildagi PQ-3665-son qaror bilan tasdiqlangan).

2) Prezidentning 29.11.2017-yildagi PQ-3413-son qaroriga 1-ilovaning 48-bandida belgilanishicha, harbiy unvonda xizmat qilgan yoki harbiy ta’lim muassasalaridan xizmatni ichki ishlar organlarida davom ettirish uchun kelgan oddiy askar va serjantlar tarkibi harbiy xizmatchilariga (shartnoma asosida xizmat o‘tagan) lavozimga tayinlash to‘g‘risidagi buyruq bilan birga ularning harbiy unvonlariga muvofiq tenglashtirilgan maxsus unvonlar beriladi.

«III darajali serjant», «II darajali serjant» va «I darajali serjant» harbiy unvonlari ichki ishlar organlarining «serjant» maxsus unvoniga tenglashtiriladi.

3) O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risidagi nizomning (12.09.2019 yildagi PQ-4447-son qaror bilan tasdiqlangan) 18-bandi 4-xatboshisida belgilanishicha, endi harbiy xizmatdan tashqari davlat xizmatlarining boshqa turlari nazarda tutilgan vazirliklardagi xizmat davri harbiy xizmatchilarga xizmat yili uchun foizli ustamalarning miqdorlarini belgilashda qo‘shib hisoblanadi.

Shuningdek Nizomning 238-bandida belgilanishicha, IIV, Milliy gvardiya, DBQ va DSQ, prokuratura, sud va adliya organlarining maxsus unvonlariga (martaba darajalariga) ega fuqaroni kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga qabul qilish paytida unga vazirlik rahbari tomonidan belgilanadigan qayta attestatsiyadan o‘tkazish tartibida mavjud maxsus unvoniga mos keladigan harbiy unvon berilishi mumkin.

Maxsus unvonda xizmat qilish (martaba darajasida ishlash) davrlari harbiy unvonda xizmatni o‘tash muddatiga qo‘shib hisoblanadi.

Shuningdek Nizomning 249-bandi 6-xatboshisida qo‘shimcha ta’tilning muddatini belgilashda IIV, Milliy gvardiya, DBQ va DSQ, sud, prokuratura va adliya organlaridagi xizmat harbiy lavozimga tayinlangan xodimlarga maxsus unvonlar (martaba darajalari) berilgan kundan boshlab harbiy xizmat muddatiga qo‘shib hisoblanishi qayd etilgan.

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 20.05.2021-yildan kuchga kirdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring