Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Harbiy gospitallarga xorijdan zamonaviy uskunalar xarid qilindi

Harbiy gospitallarga xorijdan zamonaviy uskunalar xarid qilindi

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Harbiy xizmatchilarning sog‘ligini saqlash va mustahkamlash, bemorlarga tibbiy muolaja ko‘rsatish, davolash va sog‘lomlashtirish jarayonlarini zamon talablariga mos tarzda olib borish maqsadida O‘zbekiston Mudofaa vazirligi tomonidan yangi texnika va uskunalarni xarid qilindi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi. Jumladan, harbiy-tibbiyot muassasalarining infratuzilmasini yanada rivojlantirish va moddiy texnik bazasini mustahkamlash maqsadida xorijdan tibbiy uskunalar olib kelindi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar kengashining harbiy-ma’muriy sektori tomonidan ushbu yo‘nalishda 3 mlrd. so‘m ajratilib, Nukus harbiy gospitali hududida yuqumli kasalliklar bo‘linmasi va boshqarmasi yangidan barpo etilib, barcha jihozlar bilan ta’minlandi.

Markaziy harbiy okrugida esa Mudofaa vazirligi mablag‘lari hisobidan Forish tog‘ dala o‘quv maydonida joylashgan harbiy qism tibbiyot punkti yangidan qurildi va zarur tibbiy jihozlar bilan ta’minlandi. Sharqiy harbiy okrugidagi harbiy qism tibbiyot punkti Namangan viloyati harbiy-ma’muriy sektor tomonidan ta’mirlandi. Shuningdek, Mudofaa vazirligi mablag‘lari hisobidan Farg‘ona harbiy gospitali yuqumli va teri-tanosil kasalliklari bo‘limlari, poliklinika, oshxona, dorixona, oziq-ovqat va kiyim-kechak omborlari kapital ta’mirlanib, jihozlandi.

Toshkent harbiy okrugiga qarashli harbiy qism tibbiyot punktida joriy ta’mirlash ishlari o‘tkazildi. Markaziy harbiy klinik gospitali hududida zamonaviy ko‘p tarmoqli klinika qurilishi boshlandi. Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrugi harbiy qism tibbiyot punkti Qashqadaryo viloyati harbiy-ma’muriy sektori tomonidan to‘liq kapital ta’mirlandi va jihozlandi.

«Xorijdan xarid qilingan tibbiyot uskunalari orasida zamonaviy videoendoskop jamlanmasi Markaziy harbiy klinik gospitaliga o‘rnatilgan bo‘lsa, 3 komplekt kichik dozali raqamli flyuorograf, rentgenloskopiya va rengenografiya apparatlari Markaziy harbiy klinik gospitali hamda Termiz va Farg‘ona harbiy gospitallariga o‘rnatildi. 2 dona ultratovush diagnostik apparati esa endilikda Qarshi va Nukus harbiy gospitallarida bemorlarda kasalliklarning erta tashhislash yo‘lida xizmat qilyapti», – deydi Mudofaa vazirligi Tibbiy ta’minot boshqarmasi boshlig‘i Nosirjon Fozilov.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring