Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Har sakkizinchi odam jiddiy muammoga duchor bo‘ladi

Har sakkizinchi odam jiddiy muammoga duchor bo‘ladi

Foto: «Utilit.ru»

AQSh Qishloq xo‘jaligi vazirligi to‘plagan ma’lumotlarga ko‘ra, 2021-yilda 76 mamlakatda bir milliarddan ortiq odam oziq-ovqat tanqisligiga duch keladi. Shu bilan birga, aynan och odamlar soni qariyb uchdan bir qismiga ko‘payadi va oziq-ovqat yetishmovchiligi qariyb uch million kishiga ta’sir qiladi, deb xabar bermoqda «Bloomberg».

AQSh o‘rta va past daromadli 76 mamlakatga oziq-ovqat yordamini ko‘rsatadi. Agentlikning hisob-kitoblariga ko‘ra, 1,2 milliard odam oziq-ovqat muammosiga duch keladi va 2021-yilda ushbu mamlakatlarda 291 million kishi to‘yib ovqatlanmaydi (2100 kaloriya inson sog‘lom va faol bo‘lishi uchun iste’mol qilishi kerak bo‘lgan minimal miqdor hisoblanadi). Bu o‘tgan yili jiddiy oziq-vqat muammosiga sabab bo‘lgan pandemiya bilan bog‘liq. Koronavirus inqirozidan oldin vazirlikning hisob-kitoblariga ko‘ra, 761 million kishi to‘yib ovqatlanmagan, bu aholining 20 foiziga yetmaydi.

Oziq-ovqat tanqisligidan aziyat chekayotganlarning aksariyati Bangladesh, Hindiston, Pokiston va Indoneziyada yashaydi. Biroq muammo Yaman, Zimbabve va Kongoda eng dolzarb bo‘lib, u yerda fuqarolarning taxminan 80 foizi to‘yib ovqatlanmaydi. Idoraning ta’kidlashicha, oziq-ovqat ta’minoti muammolari Osiyo va Afrikadagi siyosiy barqarorlikka qo‘shimcha xavf tug‘dirishi mumkin.

Ochlikning asosiy sababi — mamlakatlarda pandemiyadan oldingi darajaga nisbatan daromadlarning doimiy pasayishi. Vazirlik aniqlik kiritishicha, prognozlar iqlim o‘zgarishi, qurolli to‘qnashuvlar, siyosiy yoki iqtisodiy beqarorlikning potensial ta’sirini inobatga olmagan.

Yaqinda Nature Food jurnalida chop etilgan bir tadqiqotda, past va o‘rta daromadli mamlakatlarda onalar va bolalar ovqatlanishining yomonlashishi kelajakda dunyoga 30 milliard dollar yo‘qotilgan mahsuldorlikka zarar yetkazishi mumkinligi taxmin qilingan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring