Har ikki yilda bir «istiqbolli kadrlar yuztaligi» saralanadi – loyiha
Istiqbolli boshqaruv kadrlarini saralab olish va tayyorlash bo‘yicha «100 nafar ilg‘or yetakchi» dasturi tasdiqlanishi mumkin.
Bu borada Prezidentning «Istiqbolli boshqaruv kadrlarini saralab olish va tayyorlash tizimini takomillashtirish to‘g‘risida» qarori loyihasida belgilab qo‘yilmoqda.
Unga muvofiq 2023 yildan boshlab:
- Dastur doirasida har ikki yilda bir marta 100 nafar salohiyatli boshqaruv kadrlari tanlov asosida saralab olinadi, ular bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravari miqdorida bir martalik pul mukofoti bilan rag‘batlantiriladi, maxsus o‘quv dasturi asosida o‘qitiladi, mahalliy va xorijiy stajirovkaga yuboriladi;
- Dasturda oliy ma’lumotga va tegishli sohada kamida besh yil ish tajribasiga ega, 25 yoshdan 40 yoshgacha bo‘lgan (40 yosh ham qo‘shilgan holda) O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari ishtirok etishi mumkin;
- Dasturni muvaffaqiyatli yakunlagan g‘oliblar Milliy kadrlar zaxirasiga kiritiladi hamda rahbarlik lavozimlariga tavsiya etib boriladi.
Loyihaning qabul qilish orqali:
- yuqori darajadagi malakali yosh boshqaruvchi kadrlar zaxirasi shakllantirish;
- davlat organlari va tashkilotlariga hamda mahalliy davlat hokimiyat organlariga qo‘yilgan strategik vazifalarni amalga oshirilishiga alohida e’tibor qaratiladi, yosh mutaxassislarning davlat xizmatiga qiziqishini uyg‘otib, ularning ongida davlat xizmati jozibadorligi oshirish;
- yosh rahbar kadrlarning o‘z ustida ishlash orqali salohiyatini rivojlanishga zamin yaratish kutilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter