Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Hammani koronavirusdan ogohlantirgan shifokorning o‘zi ogohlantirilgan. Vafot etgach tergov boshlandi

Hammani koronavirusdan ogohlantirgan shifokorning o‘zi ogohlantirilgan. Vafot etgach tergov boshlandi

Foto: «News.liga.net»

Xitoy kommunistik partiyasi Markaziy komissiyasining intizomni tekshirish bo‘yicha maxsus tergov guruhi koronavirusdan vafot etgan doktor Li Venlyan bilan bog‘liq vaziyatni tekshirish uchun Uxan shahriga boradi. Li dekabrda birinchilardan bo‘lib zotiljam tarqalganini xabar bergan, lekin hukumat uning so‘zlariga jiddiy e’tibor bermagan, deyiladi komissiya bayonotida. Bu haqda «RIA Novosti» xabar bergan.

«Xitoy kommunistik partiyasi Markaziy komissiyasi ma’qullagach, intizomni tekshirish bo‘yicha XKP Markaziy komissiyasi doktor Li Venlyan bilan bog‘liq vaziyatni har tomonlama o‘rganish uchun Xubey provinsiyasi Uxan shahriga tergov guruhini yuborishga qaror qildi», deyiladi boshqarma bayonotida.

Payshanba kuni Uxandagi shifoxonalardan birida Li Venlyanning hayotdan ko‘z yumgani ma’lum qilingandi.

Uxan Markaziy shifoxonasi doktori Li Venlyan 30-dekabr kuni «WeChat» ijtimoiy tarmog‘idagi guruhda hamkasblariga «Xuanan» dengiz mahsulotlari bozorida «SARS» bilan bog‘liq yettita holat tasdiqlanganini yozgan. Tabiiyki, u yangi koronavirus boshqa shtammga tegishli ekanligini bilmagan. Li Venlyan qoldirgan post Xitoydagi turli ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan.

Keyingi kuni Li va ijtimoiy tarmoqlarda kasallik tarqalayotganini o‘rtoqlashgan yana yetti nafar shifokor Uxan shahar politsiyasiga chaqirilgan. Ular ijtimoiy tartibni izdan chiqarishi mumkin bo‘lgan «soxta onlayn bayonot» bergani uchun ogohlantirilgan.

Li «Weibo» mikrobloglar servisidagi o‘zining rasmiy akkauntida 11-yanvar kuni unda yo‘tal va isitma paydo bo‘lganini yozib qoldirgan. Shifokor o‘zining so‘nggi bildirishnomasida uning koronavirus bilan zaharlangani tasdiqlanganini yozgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring