Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

HAMASning yangi rahbari Yahyo Sinvar kim?

HAMASning yangi rahbari Yahyo Sinvar kim?

Isroil tumasida o‘tgan 23 yillik umr hamda HAMASning ichki xavsizlik apparatidagi karerasidan so‘ng Yahyo Sinvar Yaqin Sharqdagi mojarolarning ayni qizg‘in pallasida Falastin harakatiga rahbar bo‘lib keldi.

Yahyo Sinvar o‘tgan hafta Tehronda o‘ldirilgan Ismoli Haniyaning o‘rnini egalladi.

AFPning yozishicha, HAMAS ma’muriyati harakat rahbari etib Sinvarni tanlashi bilan «bosqinchi kuchlarga HAMAS o‘z qarshilik harakatlarida sobit  ekani haqidagi xabarni aniq yetkazib qo‘ydi».

Sinvar 7 oktyabrdagi Isroil tarixidagi eng sharmandali – 1 200 nafarga yaqin qurbon va 251 nafar odam garovga olingan hujum tashkilotchilaridan biri deya qaraladi.

Ushbu hujumdan so‘ng shu kunga qadar jamoatchilikka ko‘rinish bermagan Sinvar isroillik harbiy voiz Richard Xext tomonidan «harakatdagi murda» deb ta’riflanadi.

G‘azoning janubida joylashgan Xon Yunus qochoqlar lagerida tug‘ilgan Yahyo Sinvar HAMAS harakatiga 1987 yilda – Ahmad Yasin ushbu guruhni tashkil qilganida qo‘shilgan. Keyingi yil u harakatning ichki xavsizlik apparatini tashkil qiladi va boshqaradi. Bu bo‘lim Falastin ziddiga xoinlik qilgan hamad Isroilga ma’lumot berib kelgan falastinliklarni qattiq jazolash bilan shug‘ullangan.

Al-Arabia news’ning yozishicha, Sinvarning Isroil qamoqxonalarida bergan tergovi stenogrammalarida uning falastinlik xoinlarni jazolashda qattiqqo‘llik qilgani ko‘rinadi.

U G‘azodagi Islom universtitetini tmaomlagan, Isroil qamoqxonalarida o‘tkazgan 23 yilida esa ivrit tili, shuningdek, Isroil madaniyat va jamiyatini yaxshi o‘rgangan. U ikki isroillik harbiyni o‘ldirgani uchun 4 umrlik mudatga qamalgan va 2011-yilda isroil harbiysi Gilad Shalit evaziga ozod qilingan edi.

Keyin u HAMASning harbiy qanoti bo‘lgan Izziddin al-Qassam guruhi bosh qo‘mondoni bo‘ldi.

Uning hammaslagi bo‘lgan Ismoil Haniya HAMASni dunyo hamjamiyatiga mo‘’tadil qiyofada ko‘rsatishga moyil bo‘lgan bo‘lsa, Sinvarning Falastin masalasini kuch ishlatish yo‘li bilan oldinga olib chiqishni afzal ko‘rishi aytiladi.

Shuningdek, Sinvar G‘azo sektori, bosib olingan G‘arbiy sohil, Mahmud Abbosning FATH partiyasi nazoratidagi yerlar hamda qo‘shib olingan Sharqiy Quddus yerlaridan iborat yagona va mustaqil Falastin davlatini tuzish tarafdori.

U 2015-yilda AQShning eng ko‘p qidirilayotgan «xalqaro terrorchilar ro‘yxati»ga kiritilgan.

O‘tgan yilning noyabrida Sinvarni «topish va yo‘q qilishga» va’da bergan Isroil Mudofaa vaziri Yoav Gallant g‘azoliklarni Sinvarni topshirishga chaqirgan va bu «urushni qisqartirishi»ni aytgan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring