HAMASning muhim odami al-Bardavil o‘ldirildi

G‘azodagi havo hujumida HAMAS harakatining yuqori martabali rasmiysi halok bo‘ldi.
Hamas siyosiy byurosi a’zosi Saloh al-Bardavil Isroilning G‘azo sektoridagi Xon Yunis shahriga uyushtirgan havo hujumida halok bo‘ldi, dedi yakshanba kuni ertalab Hamas vakili BBC nashriga.
Bardavil taniqli shaxs edi va tez-tez mahalliy ommaviy axborot vositalarida paydo bo‘lardi.
Mahalliy aholining aytishicha, Bardavilning rafiqasi ham vafot etgan. Reuters agentligining xabar berishicha, ular namoz o‘qiyotgan chodirga Isroil raketasi kelib tushgan. Isroil rasmiylari hozircha bu xabarga izoh bermagan.
Isroil harbiylari seshanba kuni Hamasni Qatar, Misr va AQSh vositachiligida 19 yanvarda tuzilgan o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvini buzganlikda ayblab, G‘azo sektoriga kuchli zarbalarni qayta boshladi. Hamas ayblovlarni rad etadi.
G‘azo Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, so‘nggi 24 soat ichida 32 falastinlik anklavning turli qismlarida halok bo‘lgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter