«Hali urush tugamadi» — muvaffaqiyatli kinokartina
Kinematografiya agentligi «Yoshlik» kinostudiyasi tomonidan «Debyut start-2021» kinofestivalida g‘olib bo‘lgan ssenariy loyihalari asosida «Hali urush tugamadi» qisqa metrajli filmi suratga olindi.
Kinokartinada urush bo‘layotgan shaharlarning birida 9 yoshli Ali va 7 yoshli Maryam ismli qizaloqning hayoti va taqdiri aks ettiriladi. Bolalar voqea yakunida o‘z vataniga qaytib kelishadi, ammo qalblarida sovuq urushning asorati o‘chmaydi.
Ssenariy muallifi Go‘zaloy Solih qizi, rejissyor Dilshoda Qosimova, postanovkachi operator Odil Qosimov, rassom Muhammadali Rahimov, grimyor Maftuna Ismatova, kartina direktori Orifjon Sobirov.
Ma’lumot uchun, «Hali urush tugamadi» kinokartinasi «Debyut start-2021» festivalida «Eng yaxshi operatorlik ishi», «Eng yaxshi rassom», «Yangi O‘zbekistonning g‘oyasi» nominatsiyalarida hamda I va III darajali «Gran pri» maxsus mukofotlarini qo‘lga kiritgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter