Hakamni tepib, haqorat qilgan futbolchi umrbod sportdan chetlatildi
Suriya futbol assotsiatsiyasi (SFA) mamlakat terma jamoasining sobiq sardori va «Al-Jaish» klubi himoyachisi Ahmad al-Solihni o‘yin vaqtida hakamga hujum qilgani uchun bir umrga futboldan chetlatdi.
Bu haqda Sportbox xabar bermoqda.
3 mart kuni Suriya chempionati doirasidagi «Al-Vatba» bilan o‘yinda al-Solih qizil kartochka ko‘rsatgani uchun hakamga hujum qilgan. Futbolchi hakamni tepib, unga tupurgan va haqorat qilgan.
Futbolchi Suriya terma jamoasi safida 54 ta o‘yin o‘tkazib, ikkita gol urgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter